17:05 23.07.2025Yangi Namangan tumani “Kelajak tongi” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Strong Moto” MCHJ 2016 yilda tashkil etilgan bo‘lib, suv nasoslari uchun elektr dvigatellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada 15 nafar xodim doimiy ish bilan ta’minlangan. 2024 yilda ichki bozorga 88 ming dollarlik mahsulot yetkazib berildi.
Tadbirkor elektr ta’minotidagi uzilishlar ishlab chiqarishga salbiy ta’sir qilayotganini ta’kidlab, tuman hokimiga murojaat qildi. Murojaat joyida o‘rganilib, muammoni bartaraf etish uchun tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Ta’kidlash joiz, mazkur korxona hududda ishsizlikni kamaytirish va mahalliy mahsulot ulushini oshirishga xizmat qilmoqda. Kelgusida ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati