17:45 22.07.2025Yangi Namangan tumanida joylashgan 39-sonli umumta’lim maktabida 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Tegishli tashkilot va mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi, elektr ta’minoti, yoritish vositalari hamda zararli omillarga qarshi chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati