Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani hokimi “Chamanzor” mahallasida fuqarolarni qabul qildi
  • Yangiliklar
  • 11:55 16.07.2025
  • 121
  • Sayyor qabul

Bugun erta tongdan Yangi Namangan tumani hokimi “Chamanzor” mahallasi idorasida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda 8 nafar fuqaro turli muammolar bilan murojaat qildi.

Fuqarolar tomonidan uy-joy, meros, tadbirkorlikni kengaytirish, moddiy yordam, nafaqa masalalari, subsidiya, sog‘liqni tiklash hamda kadastr xizmatlari bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

Tuman hokimi har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati