Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
  • Yangiliklar
  • 10:00 10.07.2025
  • 97
  • Sayyor qabul

Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning muammolarini bevosita o‘rganish va yechim topish maqsadida Yangi Namangan tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi bilan birga tegishli tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar bandlik, moddiy yordam, tibbiy xizmat, suv va elektr ta’minoti, yo‘l va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat bilan chiqdilar. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, mas’ul idoralar rahbarlari tomonidan tegishli choralar belgilandi.

Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt talab etuvchi muammolar mutasaddi tashkilotlarga yuklatilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati