21:35 03.07.2025Yangi Namangan tumanining Abu Rayxon Beruniy nomli mahallasida zamonaviy avtosanoat sohasiga muhim qadam qo‘yildi — “CHANGAN” avtosaloni tantanali ravishda ishga tushirildi. Ushbu loyiha tadbirkor Azizbek Ne’matullayev tomonidan xitoylik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Yangi avtosalon — “AUTO REGION PARTS”ga 7 milliard so‘m miqdorida investisiya kiritildi. Loyihaga Xitoyning “RANG KING MOTORS” kompaniyasi rahbari Mister Chen va “CHANGAN RANG KING MOTORS” vakili Mister Yavo ham jalb etildi.
Avtosalonning tantanali ochilishi 64-Xalqaro gullar festivali doirasida o‘tkazilgani uning ahamiyatini yanada oshirdi. Gullar va go‘zallik ramzi bo‘lgan bu festivalda iqtisodiy rivoj va xalqaro hamkorlikni ifoda etuvchi yirik loyihaning taqdim qilinishi muhim voqea bo‘ldi.
Avtosalon faoliyati orqali 40 nafar yangi ish o‘rni yaratildi. Xaridorlarga barcha qulayliklar yaratilgan: zamonaviy texnik xizmat, ehtiyot qismlar va shaffof savdo tizimi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati