19:40 29.06.2025“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha Yangi Namangan tuman bosqichi musobaqasi o‘tkazildi. Bellashuvlar “Mingchinor” mahallasi hududida joylashgan Namangan Davlat texnika universiteti sport zalida tashkil etildi.
Musobaqada hududlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifalaridagi erkaklar va ayollar yakkalik bahslarida ishtirok etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra har bir yosh toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, ular viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati