22:40 21.06.2025“Haj-2025” dasturi doirasida muqaddas ziyoratga Yangi Namangan tumanidan 70 nafar yurtdoshimiz izzat-ikrom ila kuzatilgan edi. Ularning islom dini arkonlaridan biri haj safarini ko‘ngildagidek amalga oshirishlari uchun hukumatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratilgani quvonarli, albatta.
Muqaddas amalni bajarib ona yurtga yorug‘ yuz va yuksak maqom bilan qaytgan hojilarimiz Namangan xalqaro aeraportida kutib olindi.
Yuzlaridan shukronalik hissi va yurt sog‘inchi ufurib turgan ziyoratchilar haj amalini ado etish jarayonida mehmonxona, harakatlanish, tibbiy xizmat va boshqa masalalarda hukumat e’tiborini har qadamda his etib turganliklarini alohida ta’kidlashdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati