Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Dolzarb 90 kun”: 35-maktabda yoshlar ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda
  • Yangiliklar
  • 14:00 17.06.2025
  • 107
  • Yoshlar siyosati

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Yangi Namangan tumanidagi 35-sonli umumta’lim maktabida samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Maktabda o‘quvchilar turli to‘garaklarga jalb etilgan. Jumladan, shaxmat-shashka, futbol, basketbol, tennis, raqs, hunarmandchilik va kompyuter savodxonligi yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
Yaqinda maktabda namunaviy seminar o‘tkazilib, to‘garaklar faoliyati taqdim etildi. Bitiruvchilar esa davlat imtihonlarini topshirish bilan band bo‘lib, ko‘pchiligi oliy ta’limni tanlagan.

“Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlar yoshlarning ta’til davrini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati