Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda davom etayotgan 64-xalqaro “Gullar festivali” doirasida Pop tumanidagi Lavandazorga sayl uyushtirildi
  • Yangiliklar
  • 19:25 10.06.2025
  • 96
  • Ommaviy tadbirlar

Tadbirning ochilishi katta shodiyonaga aylandi. Unda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Nuritdinov so‘zga chiqib, bu yilgi festivalning nufuzi, mazmun-mohiyati yanada kengaygani, yangi turizm lokatsiyalari kashf etilayotgani, "Lavanda sayli" an’anaga aylanib borayotganini ta’kidladi.

«MEHRIGIYO» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 40,0 mln. AQSH dollar qiymatida 500 gektarda dorivor o‘simliklar, 540 tonna qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun Pop tumani hokimligi bilan hamkorlikda Namangan viloyatidagi markaziy hamda mahalliy OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun mazkur manzilga Press-tur tashkil etildi. Shuningdek, bepoyon tog‘ yon bag‘irlarida tashkil etilgan lavandazor minglab gul shaydolari bilan yanada gavjumlashdi. 

Mehmonlarni o‘ziga rom etayotgan ushbu yangicha manzara, betakror uyg‘unlik bilan gul shaydolarini e’tiborini tortdi. Qolaversa, mehmonlar uchun esdalik suratga tushish manzillaridan biriga aylandi.

Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.