Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Ishonch” mahallasining fuqarolari munosib nomzodga ishonch bildirdi
  • Yangiliklar
  • 20:10 15.05.2025
  • 89
  • Xabarlar

Bugun Yangi Namangan tumanida joylashgan “Ishonch” mahallasida mahalla raisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolar o‘z ovozlarini berib, munosib deb topilgan nomzodga ishonch bildirdi. Saylov jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi.

Saylangan mahalla raisi hududda tinchlik, farovonlik va taraqqiyotni ta’minlashga intilishini ta’kidlab, aholi ishonchini oqlashga va’da berdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati