16:00 15.05.2025Yangi Namangan tumanidagi “Oromgoh” mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida “Nargiz” tikuvchilik va o‘quv markazi faoliyat boshladi.
Mazkur markaz milliy liboslar hunarmandi Nodira Abdusamatova tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda ayollar zamonaviy va an’anaviy tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rganish bilan birga mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Markaz faoliyati mahalliy xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati