Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Family” restorani — Yangi Namanganda yangi zamonaviy maskan ochildi
  • Yangiliklar
  • 12:15 12.05.2025
  • 162
  • Ommaviy tadbirlar

Gullar festivali arafasida Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasida “Family” oilaviy restorani va “Billion roses” gullar do‘koni ochildi. Loyiha tadbirkor Sherzod Alixonov tashabbusi bilan 1 million dollarlik investisiyasi asosida amalga oshirildi.

Restoran bir vaqtning o‘zida 400 nafar mijozga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, 100 nafar aholini doimiy ish o‘rni bilan ta’minladi. Mazkur zamonaviy maskanda 100 turdan ortiq milliy va xalqaro taomlar taklif etiladi.

Tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Viloyat rahbari mazkur loyiha Gullar festivaliga munosib tuhfa ekanini ta’kidlab, bunday tashabbuslar hududda turizm va servis sohasi rivojiga katta hissa qo‘shayotganini aytdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati