17:25 03.05.2025Yangi Namangan tumanida joylashgan Boborahim Mashrab nomli mahallada muhim ijtimoiy-siyosiy voqea — mahalla raisi saylovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu saylov mahalla boshqaruvini demokratik asosda tashkil etish va fuqarolarning jamoat ishlaridagi faolligini oshirishga qaratilgan muhimdir.
Saylov jarayoni belgilangan tartib va amaldagi qonunchilik asosida, oshkora va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazildi. Mahalla aholisi faol ishtirok etib, o‘zlarining yuksak fuqarolik ongi va jamoatchilik boshqaruviga daxldorlik hissini yana bir bor namoyon etdi.
Tanlangan mahalla raisi esa jamoa ishonchi va xalq irodasini ifodalovchi shaxs sifatida o‘z faoliyatini olib boradi. Unga yuklatilgan vazifa — faqat rahbarlik emas, balki mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda mas’uliyatli xizmat hisoblanadi.
Ushbu saylov mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimidagi islohotlarning amaldagi namunasi sifatida mahallaning kelajagini belgilashda fuqarolarning faol ishtiroki qanchalik muhim ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati