14:45 24.04.2025Turkiyalik investorlar Yangi Namangan tumaniga tashrif buyurib, tumanning iqtisodiy salohiyati va sanoat sohasidagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.
Tashrif doirasida mehmonlarga tumandagi ishlab chiqarish korxonalari, investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, xorijiy sarmoya ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Turkiyalik tadbirkorlar qurilish, zargarlik hamda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida investision hamkorlikka qiziqish bildirdi.
Muzokaralar ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yangi loyihalarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati