Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida sayyor qabul: aholi muammolari joyida hal etilmoqda
  • Yangiliklar
  • 12:10 18.03.2025
  • 90
  • Sayyor qabul

Yangi Namangan tumani hokimi “Tinchlik” mahallasida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi. Unda fuqarolarning turli muammo va takliflari eshitilib, ularni joyida hal etish choralari ko‘rildi.

Qabul davomida aholi asosan kommunal xizmatlar – gaz, suv va elektr ta’minoti, tibbiy yordam, ish bilan ta’minlash, subsidiya ajratish, uy-joy ta’miri, kadastr hamda moddiy yordam masalalari bo‘yicha murojaat qildi. Har bir muammo bo‘yicha tegishli idora va mutasaddilarga topshiriqlar berildi, ayrim masalalar esa shu yerning o‘zida hal etildi.

Sayyor qabullar aholi bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammolariga tezkor yechim topish hamda davlat organlarining fuqarolarga yanada yaqin bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois bunday tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati