Sayt test rejimida ishlamoqda!
Obodlik-ko‘ngildan boshlanadi
  • Yangiliklar
  • 11:25 09.03.2025
  • 81
  • Halqaro hamkorlik

Muborak Ramazon oyi hamda yaqinlashib kelayotgan "Navro‘z"  umumxalq bayrami munosabati bilan Yangi Namangan tumanidagi “Mangulik” qabristonida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugungi o‘rganishlari davomida bu yerdagi hasharchilarni ham yo‘qladi. 

Ulug‘ ayyom munosabati bilan minglab yurtdoshlarimiz bugun qabristonlarni obod qilishda faol qatnashmoqdalar. 

Ulamolar, oqsoqollar bilan suhbatda bu kabi ezgu amallarning ahamiyati, yurt obodligiyu yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni e’tirof etildi. 

Jonliq so‘yilib, nuroniylar yurtimizdagi tinch-osoyishta hayotga barqarorlik, ezgu ishlarga bardavomlik tiladilar.

Namangan viloyati hokimligi
Аxborot xizmati