19:20 06.03.2025Yangi Namangan tumani xalq deputatlari Kengashining yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Kengash raisi Jobir Abdullayev rahbarlik qildi. Yig‘ilishda deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda mas’ul idora vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya davomida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Muloqot davomida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid bir qator dolzarb masalalar ham muhokama qilindi. Xususan, aholi turmush tarzini yanada yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati