Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namanganda sumalak tayyorlash an’anasi biznesga aylandi
  • Yangiliklar
  • 17:00 06.03.2025
  • 124
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanining “Atangan guzar” mahallasida yashovchi Gʻanixon Mirzakarimov oilasi bilan 10 yildan beri sumalak tayyorlash bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bu yerda bahoriy taom yil davomida pishiriladi. Har kuni 600 qadoq sumalak tayyorlanib, ichki bozorga yetkaziladi. Eng muhimi, bu ish orqali 8 nafar ayol doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan.

Mirzakarimovlar oilasi uchun sumalak nafaqat an’ana, balki mehnat va birdamlik ramzi. Ular milliy taomimizga bo‘lgan hurmat bilan birga, odamlarga manfaatli ish yaratib, bahoriy ne’matni aholi dasturxoniga yetkazib bermoqda.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati