15:30 04.03.2025Yangi Namangan tumani hokimi 1-sektor hududidagi mahallalarda sayyor qabul o‘tkazdi. Tadbirda aholi murojaatlari eshitilib, ularning muammolarini joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Fuqarolar asosan gaz, suv va elektr ta’minoti, tibbiy yordam, bandlik, subsidiya, uy-joy ta’miri hamda moddiy yordam masalalari bo‘yicha murojaat qildilar. Barcha masalalar tegishli idoralarga yo‘naltirilib, muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini tezkor va samarali hal etishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati