Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida 24/7 servis ko‘chalari barpo etilmoqda
  • Yangiliklar
  • 12:50 04.03.2025
  • 106
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanidan o‘tuvchi shimoliy aylanma yo‘li bo‘yida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va 24/7 rejimida ishlaydigan servis markazlari barpo etish ishlari davom etmoqda.

Yo‘l yuzidagi servis shoxobchalari va avtoustaxonalar holati ko‘zdan kechirilib, tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, ob’yektlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, hududni obodonlashtirish va noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tumanning “Sohil” mahallasida qurilayotgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasidagi ishlar ham ko‘rildi. Mebelchilikka ixtisoslashgan ushbu hududda 202,5 mlrd so‘mlik 37 ta loyiha amalga oshirilib, 4000 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 2 gektarlik zamonaviy avtoservis kompleksi tashkil etilib, 400 dan ortiq ish o‘rinlari ochilishi rejalashtirilgan.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati