09:05 21.02.2025Yangi Namangan tumanidagi 86-maktabda bahorning fayzi, tabiatning uyg‘onishi va milliy an’analar uyg‘unligini aks ettiruvchi “Assalom bahor” tadbiri o‘tkazildi.
Bayramona tadbir doirasida bahoriy taomlar tayyorlash, milliy kiyimlar namoyishi, osh musobaqasi va ijodiy rasmlar tanlovi tashkil etildi. Bu esa nafaqat ishtirokchilarning ko‘nglini ko‘tardi, balki milliy madaniyatimiz va an’analarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirdi.
Bahor nafasini his etish, do‘stona muhitda birlashish va azaliy an’analarni ardoqlash maqsadida tashkil etilgan “Assalom bahor” tadbiri barcha qatnashchilarning qalbida iliq xotira qoldirdi.
Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod ongida milliy urf-odatlarga mehr uyg‘otib, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati