15:00 20.02.2025Turkiyadan tashrif buyurgan mehmonlar “Muhtasham tom markazi” korxonasiga borib, u yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar. Korxona mamlakatimizda qurilish sanoati uchun muhim bo‘lgan yuqori sifatli sendvich panellar, tunika va tom mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Mehmonlar korxonaning ishlab
chiqarish jarayonini kuzatib, zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilishi va mahsulotlarning yuqori sifatiga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, sendvich panellar – yengil, mustahkam va issiqlikni yaxshi ushlab turadigan material sifatida mehmonlarning qiziqishini uyg‘otdi. Shuningdek, turli xil tunika va tom mahsulotlari ham ularni xayratda qoldirdi.
Turkiyalik mehmonlar korxona rahbariyati bilan muloqot qilib, mahsulotlarning ichki bozorda raqobatbardoshligi, eksport imkoniyatlari va istiqbollari haqida fikr almashdilar.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati