15:35 19.02.2025Turkiyalik investorlarga Yangi Namangan tumanidagi “Yoshlik” kichik sanoat zonasi imkoniyatlari ham tanishtirildi.
10 gektar maydonni egallagan ushbu sanoat uyida 32 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 5 tasi ishga tushirilgan va bu orqali 300 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. KSZ to‘liq quvvatda ishga tushgach, 2000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Tashrif davomida mehmonlar sanoat zonasi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar olib bordi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati