06:00 01.01.1970Turkiyadan kelgan mehmonlar Yangi Namangan tumanida joylashgan “MEXMASH” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ham bo‘ldi. Korxona faoliyati bilan tanishgan mehmonlar bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga katta qiziqish bildirdi. Bu esa o‘zaro hamkorlik istiqbollari kengayishiga va yangi eksport bozorlariga yo‘l ochishiga sabab bo‘ladi.
“MEXMASH” korxonasi bugungi kunda 500 dan ortiq turdagi va har xil o‘lchamdagi shurup hamda rulonli qog‘oz ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotlar ichki bozorda talabgor bo‘lib, xalqaro miqyosda ham o‘z haridorlariga ega. Korxonaga 2025-2030 yillarda qo‘shimcha 11,7 million AQSH dollari miqdorida investisiya yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Bu esa 420 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.
Tashrif davomida mehmonlar korxona xodimlari bilan muloqot qilib, ishlab chiqarish jarayonini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Korxona rahbariyati esa kelgusida mahsulot turlarini kengaytirish va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati