Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Mimiya” kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
  • Yangiliklar
  • 10:35 15.02.2025
  • 102
  • Halqaro hamkorlik

Xabar berganimizdek, “Yuksalish” umummilliy harakati hamda Turk dunyosi mahalliy hokimiyatlari ittifoqi (“TDBB”) hamkorligida mamlakatimiz ma’muriy-hududiy rahbarlarining Turkiyaga amaliy tashrifi davom etmoqda.

Safar mobaynida Yangi Namangan tumani hokimi “Mimiya” kompaniyasi asoschisi Yasmin Saripkaya xonim bilan 10 million AQSH dollari miqdoridagi investisiyani jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordi va tegishli hamkorlik memorandumi imzolandi.

Yasmin Saripkaya xonimning ta’kidlashicha, Namanganning tekstil sohasidagi ulkan salohiyati kompaniyaning mazkur mamlakatga sarmoya kiritish qarorida muhim omil bo‘ldi.

Ushbu investisiya loyihasining Yangi Namangan tumanida muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida hudud iqtisodiyoti yanada rivojlanib, tuman aholisi uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati