Sayt test rejimida ishlamoqda!
Milliy libos – millat sha’ni!
  • Yangiliklar
  • 11:15 07.02.2025
  • 274
  • Maʼnaviyat

Yangi Namangan tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Milliy libos, millat ko‘rki” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi, maktab jamoasi va o‘quvchilar ishtirok etib, milliy liboslarning ahamiyati haqida fikr almashdilar.

Tadbirda milliy kiyimlar har bir xalqning tarixi, madaniyati va an’analarini o‘zida aks ettirishi ta’kidlandi. Shuningdek, milliy liboslarni nafaqat bayramlarda, balki kundalik hayotda ham kiyish muhim ekani qayd etildi.

Tuman hokimi yoshlar bilan muloqotda milliy madaniyat va qadriyatlarni saqlash zarurligi haqida gapirib, milliy liboslar xalq qudrati va sha’nini ifodalashini ta’kidladi.

Tadbir yoshlarda milliy kiyimlarga qiziqishni oshirib, ularni an’analarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Milliy libos – millat sha’ni, uni asrab-avaylash esa har bir fuqaroning burchidir!

Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati