Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Jaholatga qarshi ma’rifat” ma’naviy targ‘iboti o‘tkazildi
  • Yangiliklar
  • 06:00 01.01.1970
  • 77
  • Maʼnaviyat

Yangi Namangan tumanida ekstremizm va yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Namangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi viloyat boshqarmasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbir “Jaholatga qarshi ma’rifat” dasturi doirasida o‘tkazildi.

Tadbirda ekstremistik va missionerlik ta’siriga tushib qolgan shaxslar, oilaviy ajrim yoqasida turgan oilalar hamda ma’naviy ko‘makka muhtoj insonlar ishtirok etdi. “Inson qadrini ulug‘lash”, “Tinchlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash”, “Vatanparvarlik va zamonaviy bilim olish zaruriyati” mavzularida ma’ruzalar o‘qilib, ishtirokchilarga ma’naviy va ruhiy qo‘llab-quvvatlash berildi.

Bunday tadbirlar jamiyatda ma’rifatni keng yoyish, yoshlarning ongida sog‘lom dunyoqarash shakllantirish va tinchlik muhitini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Inson qadri ulug‘langan jamiyatda jaholat va adovatga o‘rin qolmaydi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati