Sayt test rejimida ishlamoqda!
Djurayev Bekzod Saydullo o‘g‘li Yangi Namangan tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi
  • Yangiliklar
  • 14:20 04.02.2025
  • 116
  • Eʼlonlar

Tayinlovga qadar esa Yangi Namangan tumani hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy va ma’rifiy ishlari kotibiyati yetakchi mutaxassisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Bekzod Djurayev 1990 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2016 yilda Namangan muhandislik pedagogika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2010 yilda “Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati” Namangan viloyati Kengashi mutaxassisi sifatida boshlagan. Faoliyati davomida Namangan shahar xalq ta’limi bo‘limi yetakchi metodisti, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Namangan viloyat Kengashi vakillik organlaridagi deputatlik birlashmalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, Namangan shahar xalq ta’limi bo‘limi ta’limni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi, Namangan viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi shoʻba mudiri, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Namangan viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – devon rahbari sifatida ish yuritgan. 

Bekzod Djurayev Yangi Namangan tumani hokimining tegishli qarori bilan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati