Sayt test rejimida ishlamoqda!
Katta Namangan Magistral kanali obod etilmoqda
  • Yangiliklar
  • 12:15 09.01.2026
  • 367
  • Hukumat qarorlari ijrosi

Namangan viloyatida kanallar bo‘ylab obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Yangi Namangan tumanining “Sherbuloq” mahallasidan o‘tuvchi Katta Namangan Magistral kanalida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlangan.

Katta Namangan Magistral kanali obod etilmoqda

Namangan viloyatida kanallar bo‘ylab obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Yangi Namangan tumanining “Sherbuloq” mahallasidan o‘tuvchi Katta Namangan Magistral kanalida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlangan.

Infratuzilmani rivojlantirish ishlari doirasida kanal hududida qazish, yer tekislash, yon-atroflarini rekonstruksiya qilish hamda obodonlashtirish rejalangan bo‘lib, hudud ko‘rkam holatga keltiriladi. 

Bugun jarayon ko‘zdan kechirilib, ishni sifatli va loyihada belgilangan tartibda bajarish lozimligi tushuntirildi.

Ta’kidlash joiz, kanallarni betonlash orqali suv oqimi yaxshilanadi va yo‘qotishlar kamayadi. Bu esa suvni tejashga imkon beradi hamda aholi va qishloq xo‘jaligi uchun suv ta’minotini samarali qiladi.