21:20 08.01.2026Shu kunlarda ob-havoning keskin sovub ketishi kommunal sohada, jumladan tabiiy gaz ta’minotida ayrim muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ayni paytda Yangi Namangan tumani hokimligi huzuridagi kuz-qish shtabi tomonidan ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda.
Yangi Namangan tumanida gaz va issiqlik ta’minoti barqarorligini saqlash choralari ko‘rilmoqda
Shu kunlarda ob-havoning keskin sovub ketishi kommunal sohada, jumladan tabiiy gaz ta’minotida ayrim muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ayni paytda Yangi Namangan tumani hokimligi huzuridagi kuz-qish shtabi tomonidan ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda.
Eng avvalo ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha ob’yektlarida tabiiy gaz va issiqlik ta’minoti barqarorligini saqlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Xususan, “Sihatgoh” mahallasidagi “Chamanzor” qozonxonasida holat nazorat qilinib, ko‘p qavatli uylarga issiqlikni bir maromda yetkazish hamda tabiiy gaz ta’minotini me’yorda ushlab turish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ta’kidlash joiz, tumandagi avariya-tiklash brigadalari 24 soatlik rejimda ishlab, yuzaga kelayotgan nosozliklarni tezkor bartaraf etmoqda. Tuman hokimligi tomonidan vaziyat doimiy nazoratda saqlanmoqda.